O’zbekiston Respublikasida “Norasmiy bandlikdan rasmiy bandlikka o’tish” loyihasi

Loyihaning realizatsiya davri: 2021-yil 1-oktabr – 2023-yil 31-may. Videorolikda loyihaning asosiy yutuqlari aks etgan, xususan: (i) ishchilar tashkilotlarining salohiyatini o’stirish tadbirlari; (ii) gender omillari hisobga olingan baholash natijalari va norasmiy ishchilar bilan fokus guruhlarda o’tkazilgan muhokamalar; (iii) norasmiy bandlik ko’lamini aniqlash va mehnat statistikasi bo’yicha xalqaro standartlarni qo’llash; (iv) ijtimoiy himoya tizimini norasmiy ishchilarga yoyish; (v) kasaba uyushmalari tomonidan norasmiylik mavzusiga urg’u berib o’tkazilgan axborot kampaniyalari.

дата выпуска: 6 Июль 2023 г. |